“Barselona” Jeremi Mate uchun 20 million evro to'lashga tayyor

Tolibjon Qosimov
15 iyul 2014, 11:33
Kataloniyaning “Barselona” klubi “Valensiya”ning fransiyalik himoyachisi Jeremi Mate uchun 20 million evro to'lashga rozi bo'ldi.
“Barselona” bu futbolchini uzoq vaqt davomida kuzatib keldi va ular iloji boricha futbolchining narxini tushirmoqchi bo'lishdi. Ammo “ko'rshapalaklar” bunga rozi bo'lishmadi. Kataloniyaliklar endi transferni to'liq to'lab beradi, shartnoma esa uch yilga mo'ljallangan.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net