"Barselona" yangi hujumchisi bilan tuzilgan shartnoma tafsilotlarini oshkor qildi

Sherzod Nurmatov
28 dek 2023, 10:54
Futbolchi tez orada mashg'ulotlarga kirishadi.

"Barselona" hujumchi Vitor Rokening jamoaga kelishini e'lon qildi. Yaqin orada futbolchi yangi jamoa bilan mashg'ulotlarni boshlaydi.

Tomonlar 2031 yilning iyuniga qadar shartnoma imzolashdi. Bitimda futbolchi uchun tovon puli miqdori 500 million evro qilib belgilangan.

Braziliyalik futbolchi "Atletiko Paranaense"dan "ko'k-anorranglilar" safiga o'tdi. Transfermarkt portali xabariga ko'ra, "Barselona" 18 yoshli hujumchi uchun 40 million evro to'laydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Globo Esporte