“Barselona” Valverde bilan shartnomani bekor qiladi

14 yanv 2020, 00:18
“Barselona” rahbariyati jamoa bosh murabbiyiga u bilan tuzilgan shartnomani bekor qilishi haqida ma'lum qildi.

“Catalunya Radio”ning Tvittyerdagi sahifasida yozilishicha, bu haqda kataloniyaliklar rahbariyati murabbiyning vakillariga ma'lum qilishgan.

Ilgariroq kataloniyaliklar bir qancha nomzodlar borasida muzokara olib borayotgani haqida xabarlar chiqqandi. Shuningdek, Xavi (“Al Sadd”) va Ronald Kuman (Niderlandiya terma jamoasi) “Barsa”ni boshqarishga rad javobni berishgan.

Valverde 2017 yildan buyon jamoani boshqarib kelmoqda. Uning qo'li ostida jamoa ikki bor Ispaniya chempioni, shuningdek mamlakat kubogi  va Superkubogida bir martadan g'olib chiqqan. 

Ayni paytda “Barselona” Ispaniya turnir jadvalida karvonboshilik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Catalunya Radio