

“The Mirror” xabariga ko'ra, “shaharliklar” bosh murabbiyi Pep Gvardiola 21 yoshli forvardni o'z jamoasida ko'rishni istagan. Isak “Real Sosedad” tarkibiga 2019 yilda Dortmundning “Borussiya” jamoasidan 6 mln evro evaziga kelib qo'shilgan edi.
Avvalroq shvetsiyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olish uchun “Borussiya” va “Barselona” jamoalari kurash olib borishi aytilgan edi. Ma'lumot uchun, Isak joriy mavsum 20 uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urishga ulgurdi.



