"Barselona" shartnoma uzaytirish uchun Messi istagan hamma narsani taklif qiladi

Aslanov Jasurbek
21 mar 2017, 15:18
"Barselona" rahbariyati jamoa hujumchisi Lionel Messi bilan shartnoma uzaytirish ustida ishlamoqda.

Muzokaralar muvaffaqiyatli davom etmoqda. Futbolchining otasi Xorxe Messi va Kataloniya klubi prezidenti Xosep Mariya Bartomeu o'rtasida munosabatlar juda yaxshi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Barselona" shartnoma uzaytirish uchun Messi istagan shartlarga rozi bo'lishga tayyor.

Messi va ispan grandi o'rtasidagi bitim 2018 yilning yozida yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es