“Barselona” mag'lubiyatsiz seriya qayd etmoqda

Eldor Akmurzayev
4 apr 2022, 07:40
La Liga 30-turida “Barselona” minimal hisobda (1:0) “Sevilya”ni engib, jadvalda 2-o'ringa ko'tarildi.

Kataloniyaliklar chempionat doirasida qatorasiga 6 uchrashuvda g'alabaga erishdi. Umuman Xavi shogirdlari 14 o'yindan (10 g'alaba, 4 durang) beri mag'lubiyat nimaligini bilmay kelishmoqda.

“Ko'kanorranglilar”ni oldinda Yevropa Ligasi chorak finali doirasida 7 aprel kuni “Ayntraxt”ga qarshi safardagi bahs kutmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia