“Barselona” “Ayaks” futbolchisi borasida kelishuvga erishdi

23 sen 2020, 08:34
Serjino Dest faoliyatini Ispaniyada davom ettiradi.

“Barselona” va “Ayaks” klublari himoyachi Serjino Dest borasida kelishuvga erishdi. Unga ko'ra, 19 yoshli futbolchi 20 mln evro evaziga “Barselona”ga o'tadi. Shuningdek, Amstyerdam klubi 5 mln evro bonusga ega bo'lishi mumkin.

Amerikalik futbolchi o'tgan mavsum “Ayaks” safida 35 ta o'yinda qatnashib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Onda Cero