"Barsa" Garsiya bilan kelishib oldi. "Siti" bilan kelishuvga erishilsa, o'yinchi yanvardayoq Ispaniyaga qaytishi mumkin

Alisher
1 yanv 2020, 12:16
"Barselona" "Manchester Siti" himoyachisi Erik Garsiya bilan uni 2021 yilda transfer qilish borasida kelishuvga erishdi.

Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda. 19 yoshli o'yinchi yozda Kataloniya grandi safini erkin agent sifatida to'ldiradi. Agar yanvarda Angliya klubi bilan kelishuvga erishilsa, o'yinchi qishda "Barsa"ga o'tadi.

"Barselona" so'nggi kunlarga qadar "Siti"ning narxni tushirishi uchun kutmoqda, sababi Erik yozda tekinga klubdan ketadi, ammo "shaharliklar"ni uning bepulga ketishi bezovta qilmayapti.

Pep Gvardiola esa "Siti" himoyachilarining ehtimoliy jarohati sabab uni qishda klubdan qo'yib yubormoqchi emas.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano