Balotelli bir mavsumda gol urish borasida shaxsiy rekordini yangiladi

Tolibjon Qosimov
8 may 2017, 19:08
"Nicca" hujumchisi Mario Balotelli Fransiya chempionatining ortda qolgan turida "Marsel" darvozasiga navbatdagi golini urdi.
Bu gol uning mavsumdagi 15 goli bo'ldi. Bu esa Mario bir mavsum davomida gol urish bo'yicha shaxsiy rekordini yangilaganini bildiradi.

Bundan oldingi eng yaxshi natija - 14ta gol. 2013-2014 yilgi mavsumda "Milan" tarkibida u shuncha to'p kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/GracenoteLive