Bahrom Haydarov: "Birinchi bo'limdagi o'yinimizga 3, ikkinchi bo'limdagisiga 5 baho qo'yaman"

Mirjalol Normatov
11 avg 2018, 23:14
Superliganing 21-turi doirasida "Lokomotiv"ga (1:1) qarshi uchrashuvdan keyin "Neftchi" bosh murabbiyi Bahrom Haydarov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Birinchi bo'limda "Lokomotiv" juda kuchli o'yin namoyish qildi. Tan olish kerak, ushbu raqib safida mahoratli futbolchilar yig'ilgan, ularga qarshi ikkinchi raqamli jamoa bo'lib, yopiqroq o'ynash kerak. Bahsgacha qarshi hujumda o'ynashni rejalashtirgandik, ammo buni eplay olmadik. Bunga sabab sifatida 4-5 nafar yoshlarimizda hayajon sezildi. Shu boisdan, to'p bilan nazorat eplay olmadik, ko'p bora oddiy paslarda to'pni yo'qotdik, to'pni ko'proq ushlab, "Lokomotiv"ning bosimini kamaytirishga intilgandik. O'yinning boshida konsetraciyani yo'qotib qo'ydik. Bee'tiborlik tufayli uchrashuv boshida o'yinga kirisha olmadik. Ammo yigitlarga rahmat aytaman. Ular qo'rquv hissini yo'qota olishdi. Shundan keyin to'pni nazorat qila boshladik. Ikkinchi bo'lim boshida yigitlar chiroyli o'yin ko'rsatishdi va ishonch ortib ketdi. Himoya yaxshi o'ynadi va bahs yakunlanib borayotgan vaqtda gol urdik.

Birinchi bo'limda ancha mehnat qildik. Gol o'tkazib yuborganimiz uchun jamoaning o'yiniga 3 baho qo'yaman. Ikkinchi bo'limda O'zbekistonning eng kuchli jamoalaridan biriga mag'lub bo'lmaganiimiz, kerakli natijani qayd etganimiz uchun jamoamning o'yinini 5 bahoga loyiq ko'raman.

Yetakchilar bilan bahslarda ochkolar olishni uddaladik. Bu erga kelgunimcha ham bir jurnalist shu borada savol berdi. U ham jamoaning o'yinlarida o'zgarish borligini ta'kidladi. Bu birgina uning emas, ko'p mutaxassislarning fikri. Haqiqatdan ham, "Neftchi"ning o'yin uslubi o'zgardi. Yigitlarga faqatgina ishonch yetishmayapti. Hali ko'p ishlash kerak. Ammo raqobatbardosh jamoaga aylanmoqdamiz. Murabbiy sifatida jamoaga ishonchim ortib ketdi. Umid qilamanki, "Neftchi" Superligamizning barcha jamoalari bilan raqobat qila oldi.

Boburbek Yo'ldoshev: "Loko"ga qarshi o'yin qiyin bilardik. Erta gol qo'yib yubordik. Keyinchalik o'zimizni qo'lga oldik va sabr qildik. Barchasi yaxshi bo'ldi. Gol urdik, mag'lub bo'lmadik. "Loko" katta futbolga kirishimga katta hissa qo'shgan. Bu jamoadan hamisha minnatdorman"

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia