"Qo'qon-1912" bosh murabbiyi bilan xayrlashdi

Sherzod Nurmatov
11 dek 2025
Bahrom Haydarov qo'qonliklar safidan ketdi.

"2024 yilda "Qo'qon-1912" rahbariyati tomonidan jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangan Bahrom Haydarov jamoani iqtidorli futbolchilar bilan mustahkamlash va chempionatning istalgan jamoasiga qarshi kurashuvchan jamoa tuzish vazifasi qo'yilgandi. Murabbiy bu vazifani katta mas'uliyat bilan bajarishga kirishdi. 2024 yilgi mavsumda "Qo'qon-1912" jamoasini Pro ligadan olib chiqishga erishdi va yakunlangan mavsum Superligada olib qolishga muvaffaqt bo'ldi. Murabbiy joriy mavsum Superliganing top-6 jamoalarning barchasiga haqiqiy kurash taqdim eta oladigan jamoa tashkil qildi va muxlislarga yoqadigan futbol ko'rsatdi", – deyiladi xabarda.

Bahrom Haydarov boshqaruvidagi jamoa 49 rasmiy uchrashuv o'tkazib, 19 ta g'alaba, 14 ta durang va 16 ta mag'lubiyat qayd etdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Қўқон-1912" матбуот хизмати