

- O'yin haqida fikringiz?
- Juda qiyin bahsni o'tkazdik. "Paxtakor" qanchalik kuchli ekanini hamma biladi, chempionlik uchun kurashayotgan jamoa. "Paxtakor"ning hatto zaxirasida ham chempionlikka kurashadigan jamoa bor. Maydonning har qismida bor kuchni berib, qattiq mehnat qilibgina ochko olishimiz mumkinligini yigitlarga uqtirgandik. Tan olish kerak, "Paxtakor" ko'proq tashabbusga ega bo'ldi. Jamoamiz safida esa darvozabondan tortib maydonga tushgan hamma shu o'yinga borini berdi. Bizda vaziyatlar ko'p bo'lmadi, bitta-ikkita imkoniyat yuzaga keldi va gol urganimizda yutib ketardik. Kuchli jamoalar bilan bahsda o'zi vaziyatlar ko'p bo'lmaydi. Hozirgi kunda bir ochko ham biz uchun qadrli. O'yindan va natijadan juda xursand emasman, ammo qoniqdim deb ayta olaman.
- Ko'p uchrashuvlarda Kleydi Daci va Abdug'afur Haydarov tandemini ko'rayotgandik, bugun esa Abdug'afurning yolg'iz o'zi harakat qildi. Shuningdek, Shohruh Gadoev ham bugun maydonga tushmadi.
- Gadoev avvalgi tur jarohat olib qoldi va davolanish bilan band. Bugun o'ynaganida jamoamizga foydasi tegishi mumkin edi. Kleydi Daciga kelsak, unda mikro jarohat bor va bor kuch bilan o'ynay olmasdi. Shu bois zaxiradan maydonga tushirdik.



