Azizbek Turg'unboev nima uchun terma jamoadan chaqiruv olmadi?

Sherzod Nurmatov
12 mar 2025
Sal avval mart oyidagi yig'inlar uchun Timur Kapadze qo'l ostidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi tarkibi e'lon qilindi.

Ro'yxatdan 25 nafar futbolchi o'rin oldi va ular orasida "Sivasspor" yarim himoyachisi Azizbek Turg'unboev yo'q edi.

Ma'lumotlarga qaraganda, 30 yoshli futbolchida jarohat bor. 

U oxirgi marta 25 fevral kuni "Sivasspor"ning Kubok doirasidagi "Bodrumspor"ga qarshi o'yinida ishtirok etgan. 3 mart kuni esa jarohat tufayli "Bashakshexir"ga qarshi kechgan Turkiya Superligasi uchrashuvini o'tkazib yuborgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia