Azarga "Real"dagi vaziyat yoqmayapti. Futbolchi "El Klasiko"da o'ynamaganidan norozi

Narzulla Saydullayev
23 mar 2022, 00:44
Futbolchi juda yaxshi formada bo'lgan.

"Real Madrid" klubi vingeri Eden Azarga klubdagi vaziyat yoqmayapti. Azar ajoyib formada bo'lishiga qaramasdan, "Barselona"ga qarshi o'yinda (0:4) maydonga tushirilmaganidan norozi.

"Eden "Barselona"ga qarshi o'ynashni juda xohlagandi. Shu sabab ham uning kayfiyati juda tushib ketgan. Azar o'z faoliyatida hech qachon hozirgidek yaxshi formada bo'lmagandi", -deydi o'yinchiga juda yaqin bo'lgan insonlardan biri. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Goal.com