Atletiko Mineyro Anelkaga qilgan taklifini qaytarib oldi

Aziz Tukhtamuradov
16 apr 2014, 08:55
Atletiko Mineyro Vest Bromvich sobiq hujumchisi Nikolya Anelkaga qilgan taklifini bekor qildi.

"Atletiko"ning bunday qaroriga sabab, 35 yoshli futbolchi shartnoma masalasida o'tkaziladigan muzokaralarga belgilangan vaqtda kelmagan.

"Kecha kelishib olish uchun so'nggi muddat edi. Bugun futbolchining agentidan xat oldik. Uning aytishicha, musulmon futbolchi Quvaytdagi marosimga yo'l olgan va Belu-Orizontiga 19-aprel kuni borishi mumkin ekan", - deb aytib o'tdi jamoaning sport direktori Eduardo Maluf.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru