"Atletiko" futbolchisi Miranda Ispaniya fuqoroligini oladi

14 mar 2014, 19:10
"Atletiko" himoyachisi Miranda yaqin vaqt ichida Ispaniya fuqorosiga aylanadi.

AS nashrining xabar berishicha madridliklar 29 yoshli braziliyalik himoyachiga ispan passportini berish borasida ish olib borishni boshlab yuborishdi.

Buning sababi esa Yevropa ittifoqidan bo'lmagan futbolchilar limitidan bir o'rinni bo'shatish zarurati bo'ldi. Biroq u Ispaniya terma jamoasi safida o'ynay olmaydi. Chunki u Braziliya termasi safida to'rtta uchrashuvda maydonga tushgan.



Manba: football.kulichki.ru