Asqar Umarov: “Muxlislar ishonchini oqlashda davom etamiz”

Narzulla Saydullayev
5 may 2016, 10:58
Bugun Birinchi liga 7-tur baxslariga start beriladi. Bunda “Zomin” jamoasi Toshkentning “NBU-Osiyo” jamoasini G'allaorol stadionida qabul qiladi.
Uchrashuvdan oldin “Zomin” jamoasining o'yin haqida fikrlari bilan qiziqdik.

-   “Bugungi uchrashuvni o'zimizning uy uchrashuvlari o'tadigan Zomin markaziy o'yingohi to'liq tayyor bo'lmagani uchun G'allaorol stadionida o'tkazishga majburmiz. “NBU-Osiyo” jamoasi bilan oldin musobaqalarida uchrashganmiz va bu jamoa haqida to'liq ma'lumotga egamiz. Bu uchrashuvda g'alaba qozonishga yigitlar bilan birgalikda harakat qilamiz. Bizga oldingi turda g'alaba qozonganimiz ko'proq g'alaba qozonishga ruxiy dalda bo'ladi. Muxlislar ishonchini oqlashda davom etamiz”, - dedi murabbiy.

Akmal Rahmatullaev suhbatlashdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia