

"Bugun chiroyli o'yin bo'ldi. Biz doim hujumkor uslub tanlaganmiz. Hujumlarimiz natijasida g'alaba qozondik. Mashg'ulotda bajrganlarimiz samarasini berdi. Yigitlarga katta rahmat aytaman. Pro ligada qolsak, maqsadimizga erishgan bo'lamiz", - deydi Asqar Umarov.
- "Zomin"ning Pro ligada qolish imkoniyati qanday? Ko'p narsa "G'ijduvon"ga ham bog'liq. O'tish o'yinida ishtirok etish to'g'ri kelib qolsa, jamoa bunga tayyormi?
- Birinchi ligani ham kuzatyapmiz. Maqsadimiz ligadagi o'rnimizni saqlab qolish. Harakat qilamiz. Bu - futbol. Oldinga intilamiz.
- Moliyaviy tomondan vaziyat yaxshilandimi?
- Ozgina yaxshi tomonga o'zgarish bo'lyapti. Bugungi o'yinimizga hokimimiz keldi. Nima sharoit kerak bo'lsa, qilib berishini aytdi. Maoshlar berib turilsa futbolchilarni ham ruhlantirgan bo'lardik.



