Asensio APLning top-klublaridan biriga o'tishi mumkin

Оқил Абдубарноев
14 sen 2022, 21:28
Marko Asensio "Real"dagi holatidan norozi. Mish-mishlarga qaraganda, 26 yoshli futbolchi qishda klubini o'zgartirishi mumkin.

Ispaniyadagi Sport nashrining xabariga ko'ra, Marko Asensioga "Liverpul" qiziqish bildirmoqda. Mersisaydliklar qishki transfer oynasidayoq ispaniyalik futbolchini qo'lga kiritishga harakat qilishi mumkin. 

Asensioning shartnomasi joriy mavsum oxirigacha tuzilgani bois, "Real Madrid" futbolchini hech bo'lmaganda arzimas pul ishlab olish uchun ham mavsum o'rtasida sotib, foyda olmoqchi. “Liverpul” ham o'z navbatida Markoni hamyonbop narxda qo'lga kiritmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sport