"Arsenal" Tripper uchun kurashda yetakchilik qilmoqda

Alisher
9 avg 2021, 12:47
"Atletiko" himoyachisi Kiran Tripper Angliyaga qaytishi mumkin.

30 yoshli angliyalik futbolchiga "Arsenal" va "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda, ammo manchesterliklar o'yinchi bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erisha olishmadi.

Tripper o'tgan mavsum "Atletiko" safida 35ta o'yinda maydonga tushib, 6ta assist qayd etdi.

Himoyachi Angliya terma jamoasi bilan Evro-2020da 5ta o'yin o'tkazdi va Yevropa vice-chempioniga aylandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun