Antonio Konte: “Biz bugun a'lo darajada jamoaviy o'yin ko'rsatdik”

21 yanv 2018, 01:04
“Chelsi” bosh murabbiyi Antonio Konte jamoasining “Brayton” (4:0) ustidan qozongan g'alabasiga to'xtaldi.

“Juda muhim natija. Biz o'yinni yaxshi boshladik va tezkor gol urishga erishdik. O'yin oldidan jarohatlangan va diskvalifikaciyaga uchragan futbolchilarimiz ko'pligi bois biroz bezovtalanganim rost. Ammo jamoa bu holatdan ajoyib tarzda chiqib keta oldi.

Bugun biz ajoyib tarzda jamoaviy o'yin ko'rsata oldik. Biz tezkor to'p oshirishlar orqali kombinacion o'yin ko'rsatdik. Shu ruhda davom etishimiz lozim.

Batshuaiy yaxshi o'yinadi, garchi gol urmasada, bu men uchun yaxshi ko'rsatkich. Muhimi – jamoamining chiroyli o'yini”, deydi Konte.

O'xshash yangiliklar