Angliya Liga Kubogi. Xendersondan debyut, penalti, Sulsherning "folbinligi" - "Manchester Yunayted" keyingi bosqichda

Mirjalol Normatov
23 sen 2020, 02:10
Angliya Liga Kubogining 3-raundi doirasidagi "Luton" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi yakunlandi.

Qayd etish kerak, ushbu uchrashuvda Din Xenderson nihoyat, MYUning asosiy jamoasi tarkibida debyutini amalga oshirdi. Shuningdek, ikkinchi bo'lim oxirlarida Sulsher zaxiradan maydonga tushirgan Markus Reshford hamda Meyson Grinvud gol muallifiga aylandi.

Luton – Manchester Yunayted 0:3

"Kenilvort Roud"

Gollar: 0:1 – 44, penalti Mata, 0:2 – 88 Reshford, 0:3 – 90 Grinvud.

Luton – Shi, Bredli, Norrington-Devis, Kioso, Loker, Klark (Kornik, 76), Tannikliff, Lua-Lua, Monkur (Li, 76), Shinni, Xilton.

Manchester Yunayted – Xenderson, Maguayr, Uan-Bissaka, Bayi, Uilyams, van de Bek (Brunu Fernandesh, 78), Fred, Mata (Grinvud, 78), Lingard, Matich, Igalo (Reshford, 79).

Ogohlantirish: Uilyams (57), Kioso (67), Xilton (85).

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia