Andrey Shipilov: "Buxoro" bizga 2ta ajoyib gol urdi"

Narzulla Saydullayev
3 avg 2018, 13:37
"Buxoro" - "Metallurg" uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Andrey Shipilov quyidagicha fikr bildirib o'tdi:

- Yaxshi o'yin bo'ldi. "Buxoro" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Bugun biz ham yomon o'ynamadik. Joriy yilgi mavsum hisobidan safardagi eng yaxshi o'yinlarimizdan birini o'tkazdik, desam xato bo'lmaydi. "Buxoro" jamoasi 2 ta ajoyib gol urdi. Raqibni g'alaba bilan tabriklayman. Shogirdlarimga etiroz yo'q.  Ular o'zlariga yuklatilgan ko'rsatmalarni bajara olishdi,  - dedi mutaxassis.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz