Andrey Kanchelskis: "Nihoyat..."

Narzulla Saydullayev
21 apr 2019, 21:03
“Navbahor” – “Surxon” (3:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Andrey Kanchelskis quyidagicha fikr bildirib o'tdi:

- Haqli tarzda g'alabaga erishdik, deb o'ylayman. Buning uchun yigitlarga, shuningdek muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. Bugun futbolchilar maydonda borlarini berib harakat qilishdi. Va nihoyat ko'plab yaratilayotgan qulay imkoniyatlardan foydalanib, gollar ura boshladik. Keyingi bahslarda ham shunday davom etishga harakat qilamiz. Endi bor e'tiborni “Dinamo” jamoasiga qarshi bo'ladigan bellashuvga qaratamiz, - dedi mutaxassis.

O'xshash yangiliklar

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia