

Unda oliy va birinchi liga klublari ishtirok etadi. Ertaga mazkur chempionatning ochilish marosimi bo'lib o'tadi. Andijon ishqibozlar klubi yetakchisi Nodirbek To'ychievning xabar berishicha, bu yil ham ishqibozlar klubiga a'zo bo'lishni xohlovchilar ertangi musobaqaga kelishlari so'raladi. Unda bu yilgi ishqibozlar klubiga a'zolik hamda bir qator masalalar yuzasidan maslahatlashib olinadi. Shu bois ertaga andijonlik futbol ishqibozlarini Sho'rbuloq dahasida joylashgan FIMI stadioniga soat 09:30ga kelishlari so'raladi.




