Anchelotti: "Real"da qolaman yoki bir yil dam olaman"
Aziz Tukhtamuradov
24 may 2015, 14:35
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ushbu yozda "Milan"ga qaytishni rejalashtirmayapti.
"Men o'zim uchun kelajagimni aniqlab olganman. "Real"da qolaman yoki bir yil dam olaman. Men bu yerda qolishni istayman. Lekin, klubning har qanday qarorini qabul qilishga tayyorman", - deydi italiyalik murabbiy.