

Bu o'yin madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti uchun Yevropa oliy ligalaridagi 800-o'yin bo'ldi.
Italyan "Real" boshchiligida La Ligadagi 81-o'yinini o'tkazdi. U shuningdek Italiyada "Parma" (68), "Yuventus" (84), "Milan" (283) va "Napoli" (53), Angliyada "Chelsi" (76) va "Everton" (58), Fransiyada PSJ (57) va Germaniyada "Bavariya" (40)ni boshqargan.
Eslatib o'tamiz, "Real" La Ligada 13 ochko bilan yetakchilik qilmoqda.


