Futbolchi ha deganda asosiy tarkibdan muqim joy egallay olmadi. Kelasi yil esa u va uning kabi o'rinbosarlar safidan asosiy jamoa safiga qo'shiladigan bir qator yosh futbolchilar uchun imkoniyat yanada ko'payadi. Bu borada ular nafaqat O'zbekiston Oliy ligasida, balki xalqaro maydonda ham o'z omadlarini sinab ko'rish imkoniyatiga egalar. Biz Alibobo Rahmatullaevning ham qur'a borasidagi fikrlarini e'tiboringizga havola qilamiz.
“OCHLda oddiy jamoaning o'zi yo'q. Xalqaro maydonda o'ynash huquqini qo'lga kiritdimi, demak jamoa kuchli. Biroq bu raqibdan cho'chish uchun bahona bo'la olmaydi. Biz hozirgisidan ham qiyinroq va murakkabroq guruhlarni muvaffaqiyatli yakunlaganmiz. Kelasi mavsum ham o'z o'yinimiz bilan turnirda munosib ishtirok etishimiz mumkin”.
“Arablar texnik tomondan qitaning qolgan mamlakatlaridan kuchliroq sanalishadi. Qolaversa ular ayyor futbol namoyish qilishadi. Hisobda oldinga o'tib olishganida ularga qarshi o'ynash qiyinlashib ketadi. Shunga qaramay aytishim kerakki, sharqiy mintaqa klublari g'arb jamoalaridan bir bosh ustunroq”.
“Yakuniga etgan mavsum biroz qiyin kechdi. Murabbiylar ishonchini to'la oqlay olmaganim sababli kam o'yin o'tkazdim. Biroq kelasi yildan umidim katta. Xatolarim ustida ishlab, “Bunyodkor”ning asosiy tarkibidan muqim joy olishga harakat qilaman. Axir mening o'ynaydigan vaqtim keldi”.
“Bunyodkor” yosh iqtidorlarga to'la. Masalan o'rinbosarlar tarkibi ham mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi. Bunda Aleksandr Mochinovning xizmati katta. Demak, bu jamoadan ham 3-4 nafar futbolchi asosiy tarkibga qo'shilib ketish imkoniyatiga ega deb o'ylayman”.
Abror IMOMXO'JAEV suhbatlashdi.