Albiol: "Italiyada Ronaldu har mavsum 40ta gol urishi qiyin"

Aslanov Jasurbek
10 sen 2018, 14:10
"Napoli" himoyachisi Raul Albiolning fikricha, uning "Real"dagi sobiq jamoadoshi va "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu A Seriyada LaLigadagidek har mavsum ko'p gol ura olmaydi.

"Italiyada futbol himoyaviyroq va ko'proq taktik hamda jismoniy tayyorgarlikka tayanilgan. Bu yerda qanday o'ynashni bilish kerak. Krishtianu ajoyib futbolchi, ammo A Seriyada u har mavsum 40ta gol urishi qiyin. Ronaldu buncha gol urmaydi deb umid qilaman, chunki bu "Yuventus" uchun yaxshi, lekin bizga aksincha.

Ronaldu o'tgan mavsumni "Real" safida shunday boshlagan edi. Avvaliga gol urmadi, biroq mavsum oxirida u to'purarlardan biri edi. Krishtianu faoliyati davomida faqat gol uradi, buni tasodif deb bo'lmaydi" - deydi Albiol.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As