"Aktobe" murabbiyi: "O'zbekistonlik legionerlarimiz yetishmadi"

19 iyul 2013, 09:38
Yevropa Ligasi ikkinchi kvalifikacion raundi doirasida bo'lib o'tgan Qozog'istonning "Aktobe" va Norvegiyaning "Xedd" jamoalari o'yini yakunlangach, "Aktobe" murabbiyi o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Albatta, natija bizni ranjitdi. Biroq bunday o'yinda hatto duringga erishganimizda ham biz uchun yomon natija bo'lmasdi. Biz o'yinning qiyin kechishini kutgandik. Birinchi bo'limda juda ko'p vaziyatlar bo'lgan ersa-da, ulardan foydalanolmadik. "Xedd" esa foydalandi.

Bizga o'zbekistonlik legionerlarimiz yetishmadi. Ular bizning hujumdagi keskinligimizni taminlab turishardi. Bazida raqibni darvozabon qutqargan bo'lsa, bazan hujumchilarimizga mahorat yetishmagani sezilib qoldi.

Hali hech narsa yo'qotilgani yo'q. Oldinda javob uchrashuvi bor. Afsuski, unda Yuriy Logvinenko o'ynay olmaydi. U bugun ikkinchi sariq kartochkasini oldi. Endi butun o'y hayolimiz, chempionat doirasidagi "Qayrat"ga qarshi o'yinga qaratiladi.


Manba: sports.kz