Aktobe Moji Mirimni tor-mor etdi, Geynrixdan dubl

Narzulla Saydullayev
10 yanv 2014, 23:27
Qozog'iston chempioni Antaliyadagi yig'in doirasida ilk nazorat uchrashuvini Braziliyaning Moji Mirim klubiga qarshi o'tkazdi.
O'yinda Qozog'iston klubi yirik g'alabaga erishdi - 4:0.

G'olib jamoa safida Aleksandr Geynrix dublga erishdi. Qolgan ikki golni esa jamoada ko'rikdan o'tayotgan futbolchilar urishdi.

Aktobe navbatdagi o'yinni 12 yanvar kuni o'tkazadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.kz