Aguero 2011 yili "Atletiko"da qilgan xatosi haqida gapirdi

Aziz Tukhtamuradov
19 fev 2021, 08:50
"Manchester Siti" jamoasi futbolchisi Serxio Aguero 2011 yil "Atletiko"dan ketgan vaqtini esladi.

"Menda turli variantlar bo'lgandi, ammo o'sha payt Amerika Kubogida ishtirok etayotgandim. Turnirdan so'ng qaror qabul qildim. Men "Atletiko"ga qaytishim va mashg'ulotlar o'tkazishim kerak edi. Ammo ungacha nimani istayotganimni ommaga e'lon qilib ulgurgandim. 

Men ketishni istayotganimni barchaga aytib, xato qilgandim. "Visente Kalderon" ajoyib joy edi", - dedi Aguero.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca