Agent: "Pastore va PSJ shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erishmadi"

Aslanov Jasurbek
16 apr 2015, 10:18
PSJ yarim himoyachisi Xaver Pastore o'z shartnomasini uzaytirish borasida rahbariyat bilan kelisha olmagan.

Bu haqda uning agenti Maselo Simonyan ma'lum qildi.

Oldinroq Pastore Parij klubi bilan kelishuvni 2020 yilgacha uzaytirishga yaqin ekanligi xabar qilingan edi.

Pastore bu mavsumda Fransiya chempionatining 27ta uchrashuvida ishtirok etib, 7ta golli pas berdi va 3ta golga mualliflik qildi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com