Agar "Real" Beylni sotmoqchi bo'lsa, PSJ futbolchi uchun kurashga tayyor

Aslanov Jasurbek
25 iyun 2017, 15:18
PSJ "Real" hujumchisi Garet Beylni xarid qilishga tayyor.

Parij klubidagilar "Monako" forvardi Kilian Mbappeni xarid qilish haqida boshqa o'ylashmayapti va e'tiborni uelslik futbolchiga qaratishgan.

Agar "Real" yozda Beyl bilan xayrlashmoqchi bo'lsa, PSJ Madrid klubiga taklif yuboradi. Parijliklar Garet Beyl o'rniga "Manchester Siti" forvardi Serxio Aguero variantini ko'rib chiqishga tayyorlar.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Le Parisien