

Bosh homiy "APOTHEKA" kompaniyasi bilan birgalikda klub noyabr-dekabr oylaridagi jamoaning eng yaxshi futbolchilari uchligidan kimlar o'rin olganini e'lon qildi.
Quvonarlisi, muxlislar so'rovnomasiga ko'ra, birinchi o'rinni o'zbekistonlik futbolchi Abbos Fayzullayev egalladi. Ikkinchi o'rin hujumchi Fedor Chalovga, uchinchi pog'ona esa Villian Roshaga nasib qildi.
Eslatib o'tamiz, Fayzullayev oktyabr oyida ham ushbu sovringa ega chiqqan edi.




