A Seriya grandi Grinvudga qiziqmoqda

Alisher
23 mar 2024, 20:08
Meyson Grinvud "Yuventus" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

"Yuventus" va uning sport direktori Kristiano Juntoli yoshini hisobga olganda Grinvudning maydondagi harakatlarini qadrlaydi. Uni shuningdek Maks Allegrining sxemasidagi ehtimoliy o'yinchi yoki yangi 4-3-3 sxemasidagi hujumchi sifatida ko'rib chiqishmoqda.

Qayd etilishicha, Grinvud yaqin bir necha oylarda past narxda bo'lishi mumkin. Meyson hozirda "Xetafe"da "Manchester Yunayted"dan ijara asosida o'ynamoqda. U La Ligada 26ta o'yinda 11ta gol urdi.

Grinvud qaerga o'tmoqchi? Bunga "Xetafe" prezidenti javob berdi

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: gazzetta.it