1 iyun – Xalqaro bolalar kuniga bag'ishlangan Inter cup–2018 musobaqasi o'tkazildi

Narzulla Saydullayev
31 may 2018, 18:40
Inter sport project sport kompaniyasi tomonidan 1 iyun – Xalqaro bolalar kuniga bag'ishlangan 2011-2012 yilda tug'ilgan bolalar o'rtasida Inter cup–2018 musobaqasi tashkil qilindi.

Bugun 31 may kuni O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Inter sport project sport kompaniyasi tomonidan O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining sun'iy qoplamali maydonlarida 1 iyun – Xalqaro bolalar kuniga bag'ishlangan 2011-2012 yilda tug'ilgan bolalar o'rtasida Inter cup–2018 musobaqasi tashkil qilindi.
Musobaqada "Inter sport", "Paxtakor", "Odil Junior", "Spartak", "JFL" kabi bolalar jamoalari ishtirok etib, maydonda o'zlarining mahoratlarini namoyish etdilar.

Tadbir yakunida O'zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori Omon G'ofurov, O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov hamda "Inter Sport" loyihasi rahbari Erkin Saidov musobaqada ishtirok etgan barcha bolajonlarga homiylar tomonidan ajratilgan esdalik sovg'alarini taqdim qildilar.

Taqdirlash marosimidan so'ng Anor bolalar ashula va raqs ansambli a'zolari o'zlarining chiqishlari bilan yosh futbolchilar hamda tomoshabinlarning kayfiyatlarini xushnud etishdi.

Qayd etish zarurki, bunday tadbirlar yosh futbolchilarga katta futbolga o'zlarining ilk qadamlarini qo'yishlariga hamda bo'lajak musobaqalarga tayyorlanishlariga katta yordam beradi.


Musobaqada quyidagi natijalar qayd etildi:

"Inter Sport" - "Paxtakor" 0:2
"Odil Junior" - "JFL-Tashkent" 6:0

"Spartak" - "Odil Junior" 1:1
"Paxtakor" - "JFL-Tashkent" 9:1

"Inter Sport" - "Odil Junior" 0:2
"Spartak" - "JFL-Tashkent" 4:4

"Paxtakor" - "Spartak" 5:1
"Inter Sport" - "JFL-Tashkent" 1:4


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com