

"Olmaliq"ni Igor Shkvirin tark etgach uning ortida Zohir Pirimov ham jamoadan ketishga qaror qildi. Yarim himoyachi bugun "Navbahor" klubining mashg'ulotlarida ishtirok etishni boshladi. Hozircha futbolchi shartnoma tuzmagan.
2016 yilgi mavsumda Pirimov oliy ligada 28ta o'yinda maydonga tushib 2ta gol urishga erishgan edi.




