"Zob Ohan" Toshkentga kelish oldidan durang o'ynadi

Narzulla Saydullayev
13 apr 2018, 14:53
Eron Pro Ligasida 28-tur uchrashuvlariga start berildi. "Lokomotiv"ning OCHL guruh bosqichi navbatdagi o'yindagi raqibi – "Zob Ohan" ushbu turda "Fulad" maydoniga safar uyushtirdi.

Qiziqarli tarzda kechgan bellashuvda 1:1 hisobi qayd etildi.  Isfahonliklar tarkibida Said Muhammadrizo Hussayni gol urishga muvaffaq bo'ldi.  Mazkur o'yindan so'ng "Zob Ahan" hisobida 49 ochko mavjud va jamoa musobaqa jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi.

Ta'kidlab o'tamiz, "Zob Ahan" jamoasi 15 aprel kuni Toshkentga yetib keladi. OCHL nimchorak final bosqichiga qaysi jamoa yo'l olishini aniqlab beradigan "Lokomotiv" – "Zob Ahan" bellashuvi 17 aprel kuni soat 19:00da "Lokomotiv" stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz