Zlatko Dalich: "Xorvatiyadan yaxshi futbol kutmagan edim"

Tolibjon Qosimov
7 sen 2018, 11:40
Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zlatko Dalich Portugaliyaga qarshi bahs (1:1)dan so'ng fikrlarini bildirib o'tdi.

"Men jamoadan mazmunli futbol kutmagandim. Bu finaldan keyingi birinchi o'yin edi. Shunday bo'lishini kutgandim. Portugaliya juda tezkor jamoa. Bugun Yevropa chempionati saralashiga tayyorgarlik olib bordik. Ikkinchi bo'limda himoyada yaxshi harakat qildik, ammo hujumda yomon o'ynadik. Ispaniyaga qarshi yaxshiroq to'p tepishimiz kerak", - dedi Dalich.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Goal.com