Zlatan Ibragimovich: “Kavani ajoyib o'yin namoyish etdi”

Tolibjon Qosimov
19 avg 2013, 20:55
“PSJ” klubi hujumchisi Zlatan Ibragimovich, Fransiya chempionati 2-tur doirasida “Ayachcho” klubiga qarshi o'yindan so'ng (1:1), klubning yangi hujumchisi Edinson Kavanini maqtadi.

- Fikrimcha Edi fantastik gol urdi, lekin bu bizga faqatgina bir ochko keltirdi xolos. Kavani o'yinni yuqori darajada o'tkazdi va birinchi o'yindayoq bitta gol urishga erishdi. Men uni bundan keyin ham yanada ko'plab gollar urishiga hech ham shubha qilmayman. Jamoa birgalikda harakatlansa, hujumchilar ham gol urishga astoidil harakat qilishadi. Nima bo'lganda ham boshlanishiga yomon o'ynamadik. Bizda ko'p golga tortadigan vaziyatlar bo'ldi. Bunday vaziyatlardan unumli foydalanish kerak. Lekin negadir bu gal buni iloji bo'lmadi. Biz bor kuchimiz bilan yaxshiroq o'ynashga harakat qilishimiz kerak, - Zlatanning so'zlarini keltiradi goal.com.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru