"Luka - oddiy futbolchi emas. U futbolning o'zi. U futbol o'ynamaydi - u futbolning jonli ifodasi. Biz turlichamiz: u maydonda yetakchi, ammo uning tashqarisidagi tabiati juda sokin. Shu bilan birga, aynan uning tajribasi 'Milan'ga yetishmayotgan muhim qism edi. Hatto agar statistikasi unchalik yorqin bo'lmasa ham, jamoaga bo'lgan ta’siri ulkan.
U yigirma yildan buyon eng yuqori darajada o'ynayapti. Ayrimlar bir-ikki mavsum yarq ettib ko'rinadi-yu, so'ng yo'qolib ketadi. Ammo boshqalar borki, ular o'n yillab cho'qqida qoladi - va ular haqiqiy chempionga aylanadi, hatto "Oltin to'p"siz ham. Modrich ana shundaylardan biri, va u bugun biz bilan," - deb Zlatan Ibragimovichning so'zlarini jurnalist Djanluka Di Marcio sayti keltiradi.
Eslatib o'tamiz, Xorvatiya terma jamoasi sardori Luka Modrich bu yil yozda erkin agent sifatida "Milan" safiga qo'shilgan edi. 40 yoshli yarim himoyachi joriy mavsumdagi Seriya A musobaqasida 6 ta o'yinda maydonga tushib, bir gol va bir assist muallifi bo'ldi.





