Zinedin Zidan "Real" va "Yuventus"ga qanday tarif berdi?

Narzulla Saydullayev
1 iyun 2017, 08:07
"Real" ustozi Zinedin Zidan YCHL finali doirasidagi "Yuventus"ga qarshi bahsdan oldin o'z fikrlarini bildirdi.

"YCHL finaliga chiqish qanchalik qiyin ekanligini bilamiz va hal qiluvchi bahsda o'ynashimizdan xursandmiz. Jamoa butun yil davomida ishladi va finalga loyiq bo'ldi.

Bizning oldimizda bitta o'yin qoldi va uni yutish uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz.

Bu yil YCHL finalida Yevropaning eng kuchli ikki klubi to'qnash keladi, ular finalga haqli tarzda chiqishdi: ikki jamoa ham o'z chempionatida g'olib bo'ldi va hal qiluvchi o'yinda ishtirok etishadi", - deydi Zidan "Real" klubi rasmiy saytiga.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: realmadrid.com