

Uchrashuv davomida ko'plab vaziyatlar yaratdik. O'yinni o'z qo'limizga ololmadik. Agar shunday vaziyatlarda gol ura olmasang barchasiga tayyor turishing kerak.
Natijadan xafsalamiz pir bo'ldi. 10 kishi bo'lib hisobni tenglashtirsang ko'proq birgalikda himoyalanish haqida o'ylash kerak. Biz esa uchinchi golni urishga ishongandik.
Men o'yinda hech nimani o'zgartirmagan bo'lardim. Chempion nomi hali ma'lum emas, keyingi o'yin haqida o'ylash lozim. Messi jamoasiga g'alaba keltirdi. Bugun ikkita gol urdi, ammo maydonda faqat u o'ynagani yo'q, – deydi Zidan.




