Zinedin Zidan: "Klubdagi barcha uchun og'ir davr"

Narzulla Saydullayev
25 yanv 2018, 08:45
Real ustozi Zinedin Zidan Ispaniya kubogi chorak finalidagi mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

Bu shaxsan mening muvaffaqiyatsizligimdir. Men natijaga javob beraman. Biz o'z futbolimizni namoyish etmadik, ayniqsa birinchi taymda. Jamoa u qadar yaxshi o'ynamadi. Bu klubdagi barcha uchun og'ir davr. Bizda vaziyatni o'nglash uchun 90 daqiqa bor edi, ammo buni uddalay olmadik.

Keyingi o'yinlar haqida o'ylashdan boshqa choramiz yo'q, – deydi Zidan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: marca.com