Zidan yozda murabbiylikka qaytishga yaqin. Unga Yevropaning TOP jamoasi aloqaga chiqdi

Khoja
19 fev 2024, 08:05
Zinedin Zidan uch yillik tanaffusdan so'ng yana ishga qaytishi mumkin.

U faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin. Ma'lumotlarga qaraganda “Bavariya” rahbariyati allaqachon Fransiyalik murabbiy bilan muzokaralarni boshlab yuborishgan.

Nemis jamoasi ayni vaqtdagi natijalardan norozi va amaldagi murabbiy Tomas Tuxelni tez orada yoki yozda iste'foga chiqarishni reja qilishmoqda.

Eslatib o'tamiz, “Bavariya” so'nggi uchta uchrashuvda mag'lub bo'ldi. Myunxen jamoasi Germaniya Bundesligasida “Bayer”dan 8 ochko ortda qolishmoqda. Shuningdek ECHL bahslarining nimchorak final bahsining ilk uchrashuvida “Lacio”ga 1:0 hisobida mag'lub bo'lishdi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com