Zidan xohlagan payti "Real"ga qaytishi mumkin. U hozirda boshqa jamoa bilan ishlab ko'rmoqchi

Alisher
30 may 2021, 15:02
"Real" sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan ishida pauza olishni rejalashtirmayapti va yangi jamoani boshqarishga tayyor.

Fransiyalik mutaxassis yangi tajriba olmoqchi, sababi u faqatgina "Real"da ishlagan.

Zidan va "Real" prezidenti Florentino Peres o'rtasidagi munosabatlar juda yaxshiligicha qolgan. Zidan uchun klub eshiklari ochiq, u "Real"ga xohlagan payti qaytishi mumkin.

Fransiyalik mutaxassis La Liga 37-tur doirasidagi "Atletik" (1:0)ga qarshi o'yin oldidan Peres bilan mehmonxonada uchrashgan. Ular yarim soat atrofida suhbatlashishgan. Ushbu uchrashuv Zidan uchun hal qiluvchi bo'lgan bo'lishi ehtimoli mavjud.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca