Zidan va Gattuzo "Yuventus" bosh murabbiyligi uchun da'vogarlik qilmoqda

Alisher
8 may 2021, 14:48
Turinning "Yuventus" klubi mavsum so'nggida bosh murabbiyni almashtirishni rejalashtirmoqda.

"Keksa sinora" posti uchun bosh da'vogarlar sifatida Zinedin Zidan ("Real") va Jennaro Gattuzo ("Napoli") variantlari ko'rilmoqda. Turin grandi prezidenti Andrea Anelli anchadan beri Zizuni taklif qilishni xohlaydi, ammo hamkorlikka francuzning katta maoshi halal berishi mumkin.

Agar turinliklar Zidan kelisha olishmasa, klub Gattuzo nomzodini ko'radi.

"Yuventus"ni ayni damda Andrea Pirlo boshqarmoqda. Jamoa uning qo'l ostida A Seriyada uchinchi o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football-Italia