Zidan "Real"da "Lion" futbolchisini ko'rmoqchi

Aslanov Jasurbek
15 mar 2019, 11:22
"Real"ga qaytgan Zinedin Zidan o'z jamoasida "Lion" forvardi Nabil Fekirni ko'rmoqchi.

Fekir katta ehtimol bilan joriy mavsum oxirida Fransiya klubini tark etadi. Uning "Lion" bilan shartnomasi 2020 yilning yozida yakuniga etadi, shu sababli klub futbolchini erkin agent sifatida qo'yib yubormasdan, undan yaxshigina daromad olmoqchi.

Fekir o'tgan mavsum "Liverpul"ga o'tishga yaqin kelgandi. O'shanda tomonlar barchasini kelishib olgandi, biroq fransiyalik forvard jamoada qolishni maqul ko'rdi.

Kecha, 14 mart kuni "Real" "Portu" himoyachisi Eder Militao transferi borasida kelishuvga erishgani e'lon qilingan edi.

Zidandan tezkor yurish. "Real" birinchi transfer borasida kelishib oldi

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Daily Record