Zidandan tezkor yurish. "Real" birinchi transfer borasida kelishib oldi

Aslanov Jasurbek
14 mar 2019, 16:40
"Real" "Portu" himoyachisi Eder Militaoni sotib oladi.

Bu haqda "Qirollik klubi" rasmiy sayti ma'lum qildi.

21 yoshli futbolchi bilan tuziladigan bitim 2025 yilning yozigacha amal qiladi.

"Real" 15 iyulgacha Militao uchun "Portu"ga 50 mln. evro to'lab berishi kerak, agar to'lov bu muddatdan keyinroq amalga oshirilsa futbolchining narxi 50%ga oshadi (75 mln. evro).

Militao joriy mavsum Portugaliya chempionatining 20ta uchrashuvida maydonga tushib, 2ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: realmadrid.com